Birinchi ish qidirayotganlar
Taʼlim, amaliyot va kurslarni toʻgʻri koʻrsatadigan «Talaba» shabloni. Tajriba yoʻq boʻlsa ham rezyume boʻsh koʻrinmaydi.
Bepul · PDF · Oʻzbek, rus va ingliz tillarida
Formani toʻldiring, shablon tanlang va tayyor rezyumeni PDF shaklida yuklab oling. Har bir qadamda oʻzbek tilida koʻrsatma, vazifalarni sunʼiy intellekt yozib beradi.
Ism, lavozim, tajriba va taʼlim. Boʻsh joylarni toʻldirishga sunʼiy intellekt yordam beradi.
8 ta dizayn - klassikdan zamonaviygacha. Natijani darhol, toʻldirish jarayonida koʻrasiz.
Tayyor rezyumeni telefon yoki kompyuterga saqlang, hh.uz, ish.uz yoki Telegram orqali yuboring.
Har bir shablon HR mutaxassislari tekshiruvidan oʻtgan va ish beruvchilarning avtomatik tizimlari (ATS) uchun oʻqiladi.
Tayyor misollar: matnni oʻzingizga moslang yoki namunani toʻgʻridan-toʻgʻri konstruktorda oching.
Sotuvchi
Sotuvchi rezyumesi - bu savdo nuqtasidagi tajribangizni, kassa va tovar bilan ishlash…
Haydovchi
Haydovchi rezyumesi - bu guvohnoma toifalari, haydash staji, ishlagan avtomobil turlari…
Buxgalter
Buxgalter rezyumesi - bu nomzodning hisob uchastkasi, dasturiy koʻnikmalari va hisobot…
Oʻqituvchi
Oʻqituvchi rezyumesi - bu pedagogning taʼlimi, toifasi, dars tajribasi va oʻquvchilar…
Dasturchi
Dasturchi rezyumesi - bu stekni, loyihalarni va hal qilgan texnik masalalarni bir-ikki…
Hamshira
Hamshira rezyumesi - bu tibbiy taʼlim, malaka sertifikati va amaliy muolaja…
Rezyume bilan birga soʻraladigan hujjatlar - bepul generatorda 5 daqiqada, tayyor A4 PDF.
Davlat idoralari, banklar va yirik kompaniyalar soʻraydigan kadrlar maʼlumotnomasi: shaxsiy maʼlumotlar, mehnat faoliyati, yaqin qarindoshlar jadvali.
Tuzish →Rasmiy kadrlar maʼlumotnomasi shakli - obyektivka bilan bir xil blank, rasmiy sarlavha bilan.
Tuzish →Birinchi shaxsda yozilgan hayot yoʻli: tugʻilgan joy, oʻqish, ish, oila. Faktlarni kiriting - matnni oʻzimiz tuzamiz.
Tuzish →Taʼlim, amaliyot va kurslarni toʻgʻri koʻrsatadigan «Talaba» shabloni. Tajriba yoʻq boʻlsa ham rezyume boʻsh koʻrinmaydi.
Ish tajribasi, loyihalar va sertifikatlar - bir betda, natijalar bilan. Rus yoki ingliz tilidagi eʼlonlar uchun tilni bir bosishda almashtirasiz.
Koreya (EPS), Rossiya, Turkiya, Germaniya uchun talablar alohida boʻlimda; premiumda rezyume kerakli tilga toʻliq tarjima qilinadi.
Rezyume yaratish va PDF yuklab olish bepul. Yashirin toʻlovlar yoʻq.
Lavozimni yozing - vazifalar roʻyxati va professional xulosa oʻzi yoziladi. Siz faqat tekshirib chiqasiz.
Shablonlar ish beruvchilarning avtomatik saralash tizimlari oʻqiy oladigan tuzilishda: aniq sarlavhalar, standart shriftlar.
Interfeys va rezyume - oʻzbek, rus yoki ingliz tilida. Kirill alifbosidagi interfeys ham bor.
Foydalanuvchilarning uchdan ikki qismi rezyumeni telefondan yaratadi - forma va PDF aynan shunga moslangan.
Rezyume faqat sizga koʻrinadi. Kabinetda saqlab, istalgan vaqt tahrirlash va qayta yuklab olish mumkin.
Koreya (EPS), Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Fors koʻrfazi va Germaniya - har bir davlat rezyumeni oʻzicha talab qiladi. Talablar va tayyor formatlar alohida boʻlimda.
Foydalanishga qulay
MinimalistProfessional chiqdi, korinishi va malumotlari juda yoqdi
ProfessionalHa. Formani toʻldirib, PDF yuklab olish bepul. Premium imkoniyatlar - sunʼiy intellekt bilan butun matnni tekshirish, qoʻshimcha shablonlar va tarjima - alohida, bir martalik toʻlov bilan.
Oʻzbekistonda ikkala soʻz bir maʼnoda ishlatiladi: 1–2 betlik hujjat, unda tajriba, taʼlim va koʻnikmalar koʻrsatiladi. Xalqaro amaliyotda CV batafsilroq boʻlib, ilmiy karyera uchun yoziladi.
Ish eʼloni qaysi tilda boʻlsa - oʻsha tilda. Konstruktorda oʻzbek, rus va ingliz tillarini tanlash mumkin; premiumda rezyume boshqa tilga avtomatik tarjima qilinadi.
Oʻzbekistonda koʻpchilik ish beruvchi suratni kutadi: neytral fon, yelkagacha, ochiq chehra. Selfi va bayram suratlari yaramaydi. Xorijiy kompaniyalar uchun suratsiz variant ham bor.
Taʼlim, amaliyot, kurslar, volontyorlik va oʻquv loyihalarini yozing. «Talaba» shabloni aynan shu holat uchun: taʼlim va koʻnikmalar birinchi oʻringa chiqadi.
Bir bet - tajribasiz va besh yilgacha tajribali nomzodlar uchun; ikki bet - koʻp yillik tajriba va rahbarlik lavozimlari uchun. Uchinchi bet deyarli hech qachon oʻqilmaydi.
PDF faylni hh.uz, ish.uz yoki OLX eʼlonlariga yuklang, Telegram orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ish beruvchiga yuboring yoki chop etib olib boring.
Toʻldirilgan forma brauzeringizda qoladi. Kabinetga kirsangiz, rezyume hisobingizda saqlanadi va uni istalgan vaqt ochib, tahrirlash mumkin.
Lavozim boʻyicha vazifalar roʻyxatini va professional xulosani - bepul. Premiumda butun rezyume tekshiriladi: imlo, uslub, bir xil format, boʻsh joylar toʻldiriladi.
Ha. Kabinetda saqlangan rezyumeni istalgan vaqt ochib, tahrirlab, yangi PDF yuklab olasiz. Shablonni ham keyin almashtirish mumkin.
Interfeys kirill alifbosida ham ishlaydi (ЎЗ tugmasi). Rezyume matnini istalgan alifboda kiritishingiz mumkin - shablon uni oʻzgartirmaydi.
Telefondan ham toʻliq ishlaydi: forma, shablon tanlash va PDF yuklab olish. Fayl telefon xotirasiga saqlanadi va Telegram orqali ulashiladi.
Rezyume - bu nomzodning taʼlimi, ish tajribasi va koʻnikmalari haqidagi qisqa, odatda 1–2 betlik hujjat. Ish beruvchi uni bir necha soniya ichida baholaydi, shuning uchun aniq tuzilish va toʻgʻri urgʻu natijani hal qiladi.
Yaxshi rezyume beshta asosiy boʻlimdan iborat: aloqa maʼlumotlari, professional xulosa, ish tajribasi (yangisidan eskisiga), taʼlim va koʻnikmalar. Loyihalar, sertifikatlar va tillar - qoʻshimcha, lekin koʻpincha hal qiluvchi boʻlimlar.
Resum.uz konstruktori aynan shu tuzilishni beradi: siz faqat maʼlumotlarni kiritasiz, format, shrift va joylashuvni shablon oʻz zimmasiga oladi. Natija - toza, oʻqiladigan va avtomatik tizimlarga tushunarli PDF.
Besh daqiqa - va tayyor PDF qoʻlingizda. Bepul, roʻyxatdan oʻtishsiz boshlash mumkin.
Rezyume yaratish